X-SES.ru
Вся музыка

Ummon guruhi - Dengiz (текст песни, слова)

Suzmoqdaman oqimga qarshi
Senga esa oqimda yaxshi
Suzmoqdaman o'z baxtim uchun ortga
Charchadim nahot kelmaysan yordamga

Nahotki unutding sen meni
Nahotki shunchalar bo'ldimi oson
Nega unda unutolmasdan seni
Sovuq qotarman ochiq dengizda hamon

Kim bilibdi derman o'shanda
Bunchalar o'zgarib ketasan deb
Yuz bor o'qidim yozgan maktublaring

Bir umr faqat sizni sevaman deb
Siz uchun hatto jonim beraman deb
Yuragimni har bir zarbida siz deb
Yolg'onlaringga cho'ktirib ketting

Bir umr faqat sizni sevaman deb
Siz uchun hatto jonim beraman deb
Yuragimni har bir zarbida siz deb
Qasamlaringni unutib ketting

Endi sensiz kelar ketar fasllar
Manga faqat siz kerak, kerak emas qasrlar
Yarim yo'lda bo'linib ketdi manzillar
Sezmabsan sani sevganimni qanchalar

To'rt tarafimdan ezaveradi devor
Sen kettingu va dunyo bo'ldi qoldi tor
Kim bilan uyquga ketmoqdasan kechalar
Shu haqida o'ylasam netay yurak sanchilar

Hammasi go'yoki tushday
Har tong uyg'onaman qanotsiz qushday
O'tkan kunlar naqadar go'zal edi
Ertangi kun bo'lib qoldi bo'm-bo'shday

Nega qanotimni sindirding
Quladim hech kimsasiz dengizga
Qo'l cho'zib kutgandim yordaming
Birga bo'lsak bo'ldi ediku bizga

Kim bilibdi derman o'shanda
Bunchalar o'zgarib ketasan deb
Ming bor o'qidim yozgan maktublaring

Bir umr faqat sizni sevaman deb
Siz uchun hatto jonim beraman deb
Yuragimni har bir zarbida siz deb
Yolg'onlaringga cho'ktirib ketting

Bir umr faqat sizni sevaman deb
Siz uchun hatto jonim beraman deb
Yuragimni har bir zarbida siz deb
Qasamlaringni unutib ketting

Orzularimni olib ketting qoldi ko'z yosh
Yulduzlarga qarab o'ylab yotaman ko'tarmay bosh
Hammasidan alam qilgani yuzingdagi quvonch
Ketasan deb, yo'limni to'sma qoch

Bir umr faqat sizni sevaman deb sevaman deb
Siz uchun hatto jonim beraman deb jonim beraman deb
Yuragimni har bir zarbida siz deb siz deb
Yolg'onlaringga cho'ktirib ketting yeah

Har nafasimda sizni sevaman deb sevaman deb
Siz uchun hatto jonim beraman deb jonim beraman deb
Yuragimni har bir zarbida siz deb siz deb
Qasamlaringni unutib ketting

Текст песни, слова: Ummon guruhi - Dengiz
текст / слова
Ummon guruhi - Dengiz
Жанр:
Текст песни
Предыдущий выпуск » AhmedShad - Никому не отдам
Следующий выпуск « Samoel feat. Sarkis Edwards - Кусочек Лета
© X-SES.ru, 2016-2017.